⚡️ Tezkor! JSST Kongoda yana bir uta xavfli kasallik tarqala boshlaganini ma’lum qildi!

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishni boshladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Xabar berilishicha, virusning yangi to‘lqini natijasida 12 kishi kasallangan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanish holatlari mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Mbandaka shahrida qayd etilgan.

Tashkilot tomonidan ma’lum qilinishicha, virus to‘qqiz kishida tasdiqlangan, yana uch kishida dastlabki tashxis qo‘yilgan. Olti nafar bemor vafot etgan.

Реклама на Unews

JSST 1-iyun kuni Mbandakada olti kishi Ebola bilan kasallangani haqida ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, yangi holatlar kasallikning Kongoda 2018-yilda tarqalgani bilan bog‘liq emas. O‘shanda shaharda virusdan 33 kishi vafot etgan.

Ayni paytda Kongo koronavirus infeksiyasi va qizamiq tarqalishiga qarshi kurash olib bormoqda. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 4 mingdan ortiq odam COVID-19 bilan kasallangan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning fevral oyida mazkur mamlakatda Ebola bezgagi avj olgani munosabati bu kasallik bilan bog‘liq favqulodda holatni uzaytirgan.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Ebola kasalligi birinchi marta 1976-yilda aniqlangan. Ushbu virusli kasallik 2013–2016-yillarda G‘arbiy Afrikada juda keng tarqalib ketdi. Gvineyada boshlangan kasallik Liberiya va Siyerra-Leonega ham o‘tib ketdi. Kasallikning o‘ziga xos xavfli jihati unda kasallanganlar orasida o‘lim holatining yuqoriligidadir. O‘sha paytda 11 315 kishi yoki kasallarning 50 foizi vafot etdi. 2019-yilning iyul oyida Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilganidan keyin JSST xalqaro favqulodda holat e’lon qildi. Mamlakatda kasallik paydo bo‘lganidan buyon 2 200 kishi vafot etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring