⚡️Tezkor! Jahongir Otajonov navbatdagi olamshumul rejasini aytdi!

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoqlarga navbatdagi videomurojaatini joylashtirdi. Unda Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. 

U murojaat avvalida ommaviy axborot vositalaridan 2021 yil mart oyidan boshlab, O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishidan xabar topganini aytdi. Otajonov Prezident bo‘lish niyati jiddiy ekanini bildirib, bu mazmundagi gaplar hazil emasligini ta’kidlagan.

“Ochiqdan ochiq aytaman, meni ham Prezident bo‘lish niyatim bor va albatta, [Prezident] bo‘laman, deb umid qilaman”, deydi Otajonov.

Реклама на Unews

Sobiq xonanda Prezident bo‘lishdan maqsadi haqida gapirar ekan, O‘zbekistonni rivojlantirishni niyat qilganini aytdi. 

“Men ham Prezident bo‘laman va O‘zbekistonni rivojlantiraman. Xalqning gullab-yashnab yashashiga erishaman. Albatta, men bu gapim bilan hozirgi kundagi davlat rahbariga hech qanday “pretenziya” qilayotganim yo‘q va bunga haqqim ham yo‘q. Ular ham qo‘ldan kelgancha harakat qilyapti. Omad tilayman”, deydi u.

Jahongir Otajonov hozirda oilasi bilan chet elda, dam olishda ekanini aytib, yaqin orada Toshkentga qaytishini ta’kidladi. U prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun nima kerak bo‘lsa, barchasini qilmoqchi. U hatto, siyosiy partiya tuzishga ham tayyor.

Реклама на Unews

Shuningdek, Otajonov o‘zbek xalqidan o‘ziga omad tilashlarini ta’kidlab, “aqlli va salohiyatli tarafdorlari”dan harakatni boshlash kerakligini so‘ragan. Murojaat so‘ngida Jahongir Otajonov yana bir bor O‘zbekistonning hozirgi rahbariyatiga omad tilab, ularning “ortlaridan kelayotganini” ma’lum qilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 20-01-2021 ДИВЕРСАНТ ИНОПЛАНЕТЯНИН

    Молодец! Я двумя руками за него буду голосовать. Как ни как он из народа. И поэтому он будет о простом народе печься, а не о тупых чиновниках и хокимах казнокрадах. Если он станет президентом, то в Узбекистане реально много чего изменится в лучшую сторону. Но я очень сомневаюсь в том, что в узб выборы будут честными(((

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish