⚡️ Tezkor! AQShda sinovdan o'tgan vaksinani natijalari: 1 ta dozasi ham yetarli!

Amerikaning "Moderna" kompaniyasi tomonidan sichqonlarda o‘tkazilgan koronavirus vaksinasi sinovining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, preparat kasallikning yanada og‘ir bosqichini rivojlanish xavfini oshirmaydi va uning bitta dozasi ham koronavirusdan himoya qilishi mumkin. Bu haqda "bioRxiv" portalida ma’lum qilindi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Preparat kasallikning yanada og‘ir bosqichiga olib kelishi mumkinligi sababli, kompaniya mutaxassislari vaksinani ko‘plab odamlarda sinovdan o‘tkazishda to‘siqqa duch kelishmoqda. Misol sifatida olimlar SARS virusiga qarshi vaksinani sinab ko‘rishdi, bu esa hozirgi koronavirusning yaqin qarindoshi va SARS kasalligini keltirib chiqaradi. Keyin unga qarshi dorilar kasallikning yanada jiddiy bosqichiga olib kelishi mumkinligi aniqlandi.

Yangi tadqiqot doirasida olimlar preparatni sichqonlarga bir yoki ikki marta, shu jumladan, immunitetni himoya qiluvchi reaksiyani keltirib chiqara oladigan dozalarda kiritdilar. Keyin hayvonlar kasallikka chalinishdi. Natijada, sinovlar subprotektiv dozalarning kasallikning yanada jiddiy bosqichiga olib kelmasligini va hatto bitta doza ham virusdan himoya qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Lekin, bu odamlarda olib borilgan izlanishlarda bir xil natijalar olinishini anglatmaydi.

Реклама на Unews

Kompaniya iyul oyida yakuniy sinov bosqichini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu tadqiqot 30 ming kishini qamrab oladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring