⚡️Tezkor! AQShda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiyaning ikkinchi yili avvalgisidan og‘irroq bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda tashkilotning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish yana avjiga chiqqan. Shuningdek, u pandemiyaning ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo‘lishini ma’lum qildi. «Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirib kelmoqdamiz va bu virus tarqalish dinamikasini hisobga olgan holda yanada og‘irlashishi mumkin», — deydi u.

Maykl Rayanning ta’kidlashicha, mavsumiylik kasallarning ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, u ayni paytda Shimoliy yarimsharda «ajoyib bo‘ron» yuzaga kelgani, shu sabab odamlar ko‘proq uyda qolishni afzal ko‘rayotganini aytib, bu virus tarqalishi tezlashuviga olib kelayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 millionga yaqinlashgani xabar qilingandi. Shuningdek,Xitoyda ham koronavirusning «britancha» — yanada yuqumliroq shtammi aniqlangan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring