«Tez yordam» xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 iyuldan:

- koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo‘shimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;

Реклама на Unews

- kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi:

• vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
• haydovchilarga – 1,0 mln so‘m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring