Texasda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

Texas shtatidagi Grand Preri shahrida kichik samolyot qulab tushdi va ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra , «dushanba kuni taxminan soat 14:54 da Grand Prerining o‘t o‘chirish boshqarmasiga kichik yo‘lovchi samolyoti qulashi haqida xabar kelib tushgan.

Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi vafot etdi», - deyiladi shahar ma’muriyati saytida. Samolyot Dentondan (Texas shtati) uchib, Grand Preyri munisipal aeroportiga qo‘ndi. Biroq samolyot yana havoga ko‘tarildi va bir necha daqiqadan so‘ng qulab tushdi. 

Реклама на Unews

 

NBC telekanalining xabar berishicha, bortida ikki kishi bo‘lgan samolyot telefon kabelni ilib ketgan. U taxminan 500 fut (152 m) yurgan va mashinaga urilgan. Voqea sodir bo‘lgan joydan mashinada bo‘lgan kishini kasalxonaga yetkazilgan.

AQSh Federal aviasiya ma’muriyati ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring