BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hibsga olindi

Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

Ma’lum qilinishicha, Isroil Xudoyberdiyevga Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Elamanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasining «a» bandi bilan (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Sobiq hokim qamoqqa olinganidan bir necha kun o‘tgach, u ham ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.

Bundan tashqari, 2017−2018 yillarda hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan Shuhrat Rahmonqulov ham qamoqqa olingan va jinoyat ishiga jalb qilingan.

Tergov harakatlari Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Xudoyberdiyev 2017 yildan 2022 yilgacha Termiz shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 21 sentyabr kuni lavozimidan bo‘shatilib, o‘rniga yangi hokim tayinlangandi. Oradan 3 kun o‘tib sobiq hokim qamoqqa olingan.

Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–405-son, 20.10.2022 y.)qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan: Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi; hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi; hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki ta’sir o‘tkazish qat’iy taqiqlanadi. 2023 yil 1 iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni «E-ma’muriy ish» tizimi orqali elektron ko‘rib chiqish imkoni yaratiladi. Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi: Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi; Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi; Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi; «Geoinnovatsiya markazi» DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy ma’lumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi. Yangi o‘zlashtirilgan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiritiladi. Shuningdek qaror bilan 2023–2026 yillarda Kadastr agentligi faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra agentlik 25 169 gektar yer uchastkalarini o‘lchab ularning elektron xaritalarini yaratadi.

Fikr qoldiring