“Temir daftar”ga kiritilsa, yordam beriladi – hokimlik moddiy ko‘mak masalasiga izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 iyul kuni chiqargan farmoyishiga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda farmoyishda belgilangan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “O‘zbekiston Sahovat va ko‘mak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatish vazifasi yuklangan edi. Moddiy yordam har bir oilaga 1 mln so‘mdan tarqatilishi belgilangan, deb yozmoqda "Qalampir.uz " nashri.

Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxtda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishi masalasi yuzasidan izoh berdi.

Реклама на Unews

"Ushbu vazifaga asosan Toshkent shahriga 35 mlrd so‘m ajratilgan. Ushbu 25 mlrd so‘m mablag‘lar 30-31iyul kunlari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatiga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi. Halq tili  bilan aytganda, “temir daftar”ga kiritilgan. Hozir har bir sektor rahbari nazoratga olgan, mahalllarda “temir daftar” tuzilgan. 

Afsuski, targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada o‘tkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli ba’zi fuqarolar orasida ushbu moddiy yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblagan barcha odamlarga tarqatiladi, degan xayolga kelingan. “Temir daftar”lar, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari shaffofligini ta’minlash uchun “Saxovat argas” elektron tizimi shakllangan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga ko‘mak pullari tarqatilgan. Boshqa masalalar bo‘yicha tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini o‘tkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi to‘g‘risida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Toshkent shahrida “Temir daftar”larga kiritilgan 20 841 ta oila ro‘yxati o‘zgarib turuvchandir. Shuning uchun ham tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlariga topshiriq berilgan, unda bu ro‘yxatlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan. Bu ayniqsa hozir - karantin cheklovlari kuchaygan, ko‘pchilik ishsiz qolgan, ko‘pchilikning yonida mablag‘i qolmagani sharoitida dolzarb. “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali yordam bo‘ladigan bo‘lsa, ular “Temir daftar”larga kiritilsa, yordam amalga oshiriladi", dedi Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekisston Prezidentining farmoni bilan 400 mingdan ortiq oilaning 1,7 milliondan ortiq a’zosiga 380 mlrd so‘m mablag‘ni tarqatish belgilangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring