Telegram videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi

Telegram messenjerining yangilangan versiyasiga Android-qurilmalar uchun ommaviy sinov tariqasida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi qo‘shildi. Bu haqda kompaniya xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun, kerakli foydalanuvchi shaxsiy profiliga kirib, avval ovozli qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosish kerak. So‘ngra “Video” tugmasi bosiladi. Videoni istalgan vaqtda o‘chirish yoki yoqish mumkin.

Barcha video chaqiruvlar boshidan oxirgacha shifrlash bilan himoyalanadi. Kompanining ma’lum qilishicha, yaqin vaqtlarda guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi ham ishga tushadi.

Реклама на Unews

Apple ilovaning yangilangan versiyasini hamon nazoratdan o‘tkazmagani sababli App Store’ga joylash kechikyapti. iOS foydalanuvchilarini video chaqiruvlarni kutishga to‘g‘ri keladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring