Tayson Evanderdan qo‘rqqani bois jangni bekor qildirgani ma’lum bo‘ldi

AQSHning “Triller” kompaniyasi asoschilaridan biri Rayan Kavana Mayk Tayson va Evander Xolfild o‘rtasidagi jangning amalga oshmagani haqida fikr bildirdi.

Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, “Temir Mayk” ko‘rgazma jangida raqibidan qo‘rqib, ringga chiqishni xohlamagan.

“Bizda Tayson Lyuis bilan jang qilmoqchi ekanligi haqida ma’lumot bor. Bilishimcha, Mayk Evander bilan jang qilishdan qo‘rqqani sababli Lyuis bilan jang qilishni tanlagan. Bu jang atrofida ko‘p shov-shuvlar bo‘ldi. Biz Maykni “Shukronalik kuni”da jang qilishi uchun katta miqdorda pul ajratgan edik. U shu sababli, katta gonorar oldi, bu uning karerasidagi eng katta yutuqlardan biri edi. 

Реклама на Unews

Biroq, men bir qator ishonchli manbalardan eshitdimki, Mayk Evanderdan juda qo‘rqadi. U katta ehtimol bilan Evander uni nokautga uchratadi, deb o‘ylaydi. Lekin biz hali ham uning Xolifild bilan jangni tashkil qilishga harakat qilyapmiz”, deydi funksioner.

Ma’lumot uchun, Xolifild faoliyatida ikki marta Taysonni mag‘lub etgan.

Avvalroq Evander Oskar de la Xoyyaning o‘rniga Belfort bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring