Tashkilotlar 8 mart kuni ham majburiy hasharga jalb qilinganmi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Xorazm viloyati Shovot tumanidagi tashkilotlar 8 mart kuni ham majburiy hasharga jalb qilinayotganligi yuzasidan yolg‘on xabar tarqaldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu asossiz xabarga oydinlik kiritildi.

Bahor fasli yaqinlashishi bilan Shovot tumanining har bir mahallasi, har bir bino va tashkilotlar oldilari, yo‘l bo‘ylarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan. Mazkur murojaatda keltirilgan rasm va ma’lumotlar aslida fevral oyining 17 - sanasida "Asavey", "Chig‘atoy", "Zamondosh", "Shovot" mahallalaridagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan  tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni va devorlarni oqlash jarayonlari tasvirlangan.

Реклама на Unews

Aslida, tumandagi hech bir idora va tashkilotlarda majburiy hasharga jalb qilish holatlari bo‘lmagan. Murojaatda Shovot tumani  hokimligining telegrammdagi kanali orqali qo‘yib borilayotgan rasm va ma’lumotlaridan noo‘rin va ruxsatsiz  foydalanib, yolg‘on va noto‘g‘ri xabarlar tarqatilgan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring