Tarmoqlarda Olmaliq hokimining o’g‘li bilan bog‘liq yana bir mojaroli video tarqaldi

Tarmoqlarda Olmaliq hokimining o‘g‘li bilan bog‘liq yana bir mojaroli video tarqaldi. Videoni jurnalist Nikita Makarenko e’lon qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Videoda hokimning o‘g‘li Dilshod Ismoilov va uning do‘stlari janjallashganini ko‘rish mumkin. SHu bilan birga, yoshlarning qo‘lida qurol borligini (hokimning o‘g‘li yo‘l-yo‘l futbolkada) ham ko‘rish mumkin.

Jurnalistning ma'lumot berishicha, unga videoni fuqarolardan biri yuborgan. Fuqaro Ismoilov va uning do‘stlari unga hamda 56 yoshli otasiga hujum qilganini aytgan. Ushbu holat bo‘yicha hozirda JKning 277 moddasi (Bezorilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliq hokimi Usmon Rahimovning o‘g‘li Dilshod Ismoilov yuqori tezlikda avtomobil boshqargani aks etgan video tarqalgan edi. Keyinroq, Raximov o‘g‘li bilan gaplashib olganini va barcha jarimalarni to‘laganini aytgan edi.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring