Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyeva vafot etdi

Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixshunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983 yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, institutning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (2000-2005), "XIX-XX asr tarixi" bo‘limi mudiri (1998 yildan hozirgacha) kabi mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

Olima 1990 yil "Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi" mavzusida nomzodlik, 1999 yil "1917-1924 yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida" mavzularida doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Реклама на Unews

Olima rahbarligida "O‘zbekiston tarixi"ning V jildi, "O‘zbekiston tarixi xrestomatiyasi"ning IV jildi va boshqa qator to‘plamlar nashr etilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring