"Tanasi qani?": bug‘u aks etgan surat internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda

O‘rmonda daraxt ortida turgan bug‘uning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi ko‘ringan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Foydalanuvchilar “bug‘uning tanasi qanday qilibkichik daraxt orqasida ko‘rinmay qoldi” deya hayron qolishmoqda.

The Dodo yangiliklar portali yozishicha, g‘ayrioddiy suratning muallifi -Xantington (Indiana, AQSh) shahrida istiqomat qiluvchi Jenni Makmillan. Ayol o‘rmon yaqinida yashaydi, oqdumli bug‘ular yegulik izlab tez-tez bu hududga "mehmonga" keladi.

Surat ijtimoiy tarmoqlarga tushgach, bir necha kun ichida tez tarqalib ketdi.

Odamlar o‘z izohlarida, bug‘uning tanasi qayerga g‘oyib bo‘lgani yuzasidan turli taxminlarni bildirishmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 19-02-2021 акбар

    бугунинг танаси дарахт оркасида у буйнини кашлаяпти холос

    Javob yozish
  2. 19-02-2021 Alisher

    Menimcha bu shunchaki surat bu haqiqiy emas

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish