Talabalarga to`lov-kontrakt pulini to`rtga bo`lib to`lash imkoni berildi

2020/2021 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalari talabalariga to`lov-kontrakt miqdorlarini o`quv yili davomida teng ulushlarda to`rt bo`lib to`lash imkoniyati berildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Talabalar kontrakt pulini to`rt bo`lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin:

➖belgilangan to`lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentyabrgacha yoki O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta`lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

Реклама на Unews

➖belgilangan to`lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki oliy ta`lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖xorijiy fuqarolar uchun oliy ta`lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarga o`quv yilining birinchi yarmi uchun to`lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta`lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.  

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring