BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Talabalar uchun xushxabar! Kunduzgida o‘qiydigan talabalarning kontraktiga 10 foizlik chegirma beriladi

Oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili uchun to‘lov shartnoma miqdori kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bayonot berdi deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Bayonotni quyida e’tiboringizga havola etamiz:

Oliy va o‘rta ma’lim vazirligi jamoatchilik tomonidan pandemiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish narxlarini optimallashtirish borasida bildirilgan ko‘plab murojaatlarni hisobga olib, ularni ijobiy hal qilish maqsadida Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida mavjud barcha resurslarni safarbar etish hisobiga qator takliflarni ishlab chiqdi.

Pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, bugungi kunda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘qitishning minimal xarajatlarini qoplay olmayotganligiga qaramasdan, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021-o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.

Talabalarni qo‘llab-quvvatlash ushbu chegirma bilan to‘xtab qolmaydi.

Shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, “temir daftar” ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalari mavjud mablag‘lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4,0 mln. so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so‘mdan 3,4 mln.so‘mgacha miqdorni tashkil etadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘idan ozod qilingan bo‘lib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt to‘lagan oilaga bir yilda 770 ming so‘mdan 1 mln. 177 ming so‘mgacha mablag‘ daromad solig‘idan imtiyoz shaklida qaytadi.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat budjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta ko‘rib chiqiladi hamda ularda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan sohada olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, avvalo, talaba-yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashlari uchun qulay shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish hamda sifatli ta’limni ta’minlab berishga qaratilgan. Shunday ekan, vazirlik talbalarni har qanday sharoitda ham asosiy maqsaddan chalg‘imaslik va o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun tinimsiz izlanishdan to‘xtamaslikka chaqiradi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
axborot xizmati

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Oʻzbekistonda koronavirus: 14 avgust asosiy xabarlari Bir sutka davomida 498 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 821 nafarni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.   Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.  Bir sutka davomida 498 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 821 nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida hamda 2 nafari  Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Davolanish koʻrsatkichi Bugunning oʻzida 612 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 27 825 nafarga yetdi. Ayni paytda 5 776 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Oʻlim holatlari Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.YA. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak) vafot etdi.   Oʻzbekistonda jami 220 kishi pandemiya qurboni boʻldi. Kontrakt toʻlovi boʻyicha yengilliklar Talabalarga kontrakt toʻlovi boʻyicha yengilliklar berildi. Pandemiya sharoitida aholining toʻlov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi.  2020/21 oʻquv yilida amaldagi bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda oʻqiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi. Bu haqda batafsil. Metro ishga tushadi 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.   Avia va temir yoʻl qatnovi Oʻzbekistonda 15 avgustdan mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovlari boshlanadi. Mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yoʻl qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yoʻl vagonlari (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari koʻriladi. Dunyo salomatligi Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,9 milliondan oshdi, 760 ming kishi vafot etdi, 13 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,2 mln), Braziliyada (3,2 mln), Hindistonda (2,5 mln).  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring