Talabalar uchun ta’lim kreditlari berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Hukumatning bu boradagi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Amaldagi Nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit)da beriladi.
Shuningdek, talabalarning qolgan toifalariga – 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.
Mazkur Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra esa kelgusida foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmi bekor qilinishi mumkin.
Ya’ni Hukumat qarori loyihasi bilan, tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari kelgusida talabalarga bozor stavkalarida belgilanadi.
Ma’lumot uchun, ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring