Talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan kelib chiqib, xorijdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashtirildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, chegara o‘tkazish punktlari orqali Respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 000 so‘mdan oshirmagan holda amalga oshirilishi belgilandi.

Talabalardan arzonlashtirilgan narxda test topshirishlari uchun pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 27-05-2021 Ruxshona

    Òzbekiston hududidan chiqib ketayorgan talabalarchi, masalan Qirģizistonga

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish