BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Talaba qizning yozgan maqolasi uchun tahdid qilgan mahalla raisiga «hayfsan» berildi

«Maqolam uchun mahalla raisi tahdid qildi, dadamni do‘pposlashdi» sarlavhali xabar Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan muallifning taqdim qilgan hujjatlari asosida qo‘shimcha tarzda tekshirildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, M.Po‘latovaning «Efir uchun qilinayotgan ehsonlar» sarlavhali maqolasi «Navoiy ziyosi» gazetasida chop etilgach, uning xonadoniga Karmana tumani, «Bog‘ishamol» MFY raisi Maqsud Pardayev kelib, muallif mahalladagi holatni o‘rganmasdan maqola yozganini vaj qilgan.

"Mahalla raisi ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, 12.09.2020 yilda M.Pardayevga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, «hayfsan» e’lon qilindi.

Qayd etish joiz, «Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, jurnalist jurnalistik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.

Shuningdek, mazkur qonunning 10-moddasida jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari belgilab o‘tilgan. Ularga ko‘ra, jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi. Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi. Uning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab qilish taqiqlanadi.

Shunday ekan, jurnalistlar faoliyati davomida turli bosim yoki tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan ularning ish jarayoniga aralashish qonun bilan man etilgan.

Bu borada qonunlarga to‘liq rioya etish, har bir harakat oqibatidan to‘g‘ri xulosa chiqarish, qonunni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyilini unutmaslik lozim", - deyiladi idora xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

O‘zbekistonda har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlari yangilanadi O‘zbekistonda har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. Qayd etilishicha, mashinasozlik sohasida xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish mo‘ljallangan. Avtomobilsozlik sanoatida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari (Yaponiya va Janubiy Koreya) tajribalaridan kelib chiqib, har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, avtomobilsozlik sanoatida mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlatiladigan xom ashyolar asosiy turlarini mahalliylashtirish (po‘lat, yassi shisha, kauchuk) hamda avtomobilsozlik sanoatida yuqori texnologik ehtiyot qismlarini (shassi, transmissiya, rul boshqaruvi) mahalliylashtirishni asosiy yo‘nalish etib belgilash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, texnologik uskunalarni (shtamplash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish liniyalari texnologiyalari) ishlab chiqish va rivojlantirish, sohaning muhandislik salohiyatini rivojlantirish (ikkilamchi bozor uchun butlovchi qism, aksessuarlar ishlab chiqarish va tyuning) hamda milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish kutilyapti. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring