"Taksi" filmi yulduzi koronavirusga chalindi

“Taksi” filmidagi betakror ijrosi bilan bilan tomoshabinlar e`tiboriga tushgan mashhur aktrisa koronavirusga chalindi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Fransuz kino yulduzi 43 yoshli Marion Kotiyyar va turmush o`rtog`i, rejessyor va aktyor 47 yoshli Giyom Kane koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini, ammo xavf ortda qolganini ma`lum qilishdi.

Ular kasallikka chalinganini dastlab hech kimga aytishmagan. Koronavirus ularda engil formada kechgan. Ikkalasi ham to`liq tuzalgandan keyin nihoyat buni ommaga ma`lum qilishdi.  

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring