Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo`lgan xotin-qizlarga 36 mln 750 ming so`mgacha kreditlar beriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.  

Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (Respublika kengashi) tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi. 

Respublika kengashi, jumladan hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko`rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini ta`minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshiradi. 

Реклама на Unews

Qarorga ko`ra, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi (Jamg`arma) sifatida qayta tashkil etildi. 

Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Jamg`armaga har yili 300 milliard so`mgacha miqdorda Davlat byudjeti mablag`lari ajratiladi. 

Shuningdek, tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirgan xotin-qizlarga tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari tavsiyasiga ko`ra, tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida BHMning 150 baravarigacha (36 mln 750 ming so`mgacha) miqdorda kreditlar beriladi. 

Реклама на Unews

2021 yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo`yicha boshlang`ich badalni to`lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga:

  — noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta`minlashga – 10 milliard so`mdan;

  — otasidan ayrilgan, yolg`iz onasi qaramog`ida bo`lgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlashga – 5 milliard so`mdan mablag` ajratiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 09-03-2021 Obidjon

    Yashlasin prezidentimiz Lekin prezdentni atrofidagi mas'ullarga ollox insofini bersin xolos

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish