Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish uchun 20 kun imkoniyat berilgan. DSQ tartibni tushuntirdi

Soliq to`lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, «Soliqchi-ko`makchi» tamoyili asosida, 21 noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022 yil 1 yanvardan (1 yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

 

Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, buning uchun soliq to`lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa ma`lumotlari” sahifasidan "Tahrirlash" bo`limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek ma`lumotlari tahrirlanadi.

Xususan, chek ma`lumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o`zgartirish mumkin:

Реклама на Unews

 

▫️ MXIK;

▫️ miqdori;

▫️ o`lchov birligi;

Реклама на Unews

▫️chek summasi;

▫️ komitent STIRi;

▫️ to`lov turi (naqd pul yoki bank karta).

Barcha o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik sub`ektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o`rganiladi. Ko`rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o`zgaradi.

Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko`ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, "Hisoblash" va "Jo`natish" tugmasi bosiladi.

Istisno: iste`molchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring