Tadbirkorlar uchun: Inqiroz vaqtida bajarish kerak bo‘lgan 4 narsa

 Dunyoda hukm surayotgan pandemiya sabab tadbirkorlik sohasiga jiddiy zarar yetdi. Daromad miqdori kamaydi, odamlar ishsiz uyida o‘tirib ham qoldi. Tadbirkor-analitik Meri Mesalo shunday qiyin vaqtda ish boshqaruvchilarga mavjud vaziyatdan muvaffaqiyatli chiqib ketish borasida ko‘rsatmalar bermoqda. Uning fikricha, koronavirus keltirgan inqiroz ish boshqaruvchilarga yetakchilik qobiliyatini mustahkamlash imkonini berdi. Bunday vaqtda eng asosiy vazifa, xavfsizlik, produktivlik va jamoaning bir yoqadan bosh chiqarishi hisoblanadi. Biznes-analitik har bir yetakchi inqiroz vaqtida quyidagi to‘rt narsani, albatta, bajarishi kerakligini tavsiya etadi,  deb yozmoqda "xabardor.uz" nashri.
 
1-maslahat: Eng kerakli vazifalarning ro‘yxatini tuzib oling

“Mavjud vaziyatda tadbirkorlik ishingiz uchun qanday vazifalar eng muhimi va eng kerakliligini tahlil qilib chiqing. Bunda mas’uliyatning barini o‘z zimmangizga olavermang, yordamchi ish boshqaruvchilaringizga ham ishoning. Agar nazoratni o‘z qo‘lingizda saqlay olsangiz, kerakli qarorni tez va oson qabul qilishga erisha olasiz”, deydi Mesalo. Ekspertning fikricha, jamoa qisqa muddat ichida eng muhim vazifalarni bajarishi haqida reja qilishi kerak ekan. Qo‘l ostingizdagi xodimlarga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirgancha, vaziyatdan chiqishning aniq yo‘llarini taklif qiling. O‘z rejalaringizni “shvedcha dasturxon”ga aylantirib ham yubormang. Katta sarf-xarajatga tushsangiz ham, bor diqqatingizni eng muhimlariga qarating. Shuning bilan birga ishchilaringizning fikrlari bilan ham qiziqing.
 
2-maslahat: Muammolarni hal qilishga qayishqoqlik bilan yondashing

Реклама на Unews

Inqiroz vaqtida aksariyat tadbirkorlar ishchi kuchini kamaytirish, reklamadan voz kechish, yetkazib beruvchilar sonini qisqartirish kabilar haqida bosh qotirishga tushadi. Ishni o‘nglash uchun darrov xodimni bo‘shatib yuborishga shoshilmang, ular bilan yangicha ishlash rejimiga o‘tish kerakligi haqida suhbatlashing. Bunda ularning ish kunini qisqartirish, kimlarnidir kamroq daromad keltiruvchi vazifaga o‘tkazish, oylik maoshni taqsimlashdagi tizimni qayta ko‘rib chiqish orqali bu ishni ortiqcha xafagarchiliklarsiz amalga oshirishingiz mumkin. Mukofot pullarini ham ma’lum ma’noda qisqartirish ustida bosh qotirishingiz mumkin. Bu ishchini tamoman bo‘shatib, uni pulsiz va ishsiz qoldirishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Xodimlaringizga taqchil vaziyat o‘tib ketgach, hammasi avvalgi holatiga qaytishi haqida aytib, ularni noumid ahvoldan chiqara oling.
 
3-maslahat: To‘g‘ri so‘z bo‘ling va tushuna oling

Реклама на Unews

“Inqiroz hukm surayotgan vaqtda to‘g‘ri so‘z bo‘lib, vaziyatni tushunib, harakat qiling”, deb tavsiya beradi ekspert. Qiyin vaziyatli sharoitda ma’lumotni xodimlarga to‘g‘ri yetkaza olish haqida ham o‘ylang. Ular sizni to‘g‘ri tushunsagina, ishingiz jonlanadi. Ortiqcha vahimalarga chek qo‘yib, navbatdagi harakat rejasi haqida gapiring. “10+10+10 qoidasiga amal qiling. Ya’ni, bitta narsani 10 xil usulda aytsangiz ham sizni tinglaganlar ma’lumotning atigi 10 foizini esda saqlab qolishadi. Shu sabab xodimlar bilan maqsadlaringiz va ish rejasi haqida ko‘proq suhbatlashishga harakat qiling”, deydi biznes-analitik Mesalo.
 
4-maslahat: Boshqa kompaniyalar tajribalaridan ham foydalanib ko‘ring

Inqiroz vaqtida u bilan muvaffaqiyatli kurasha oladigan kompaniyalarning tajribasidan ham o‘rnak olishning zarari yo‘q. Eng asosiysi, jamoada insonlar yashashda davom etishyapti, mehnat qilyapti va yangi sharoitga imkon qadar moslashishyapti, degan qarashning ustunlik qilishidir. “Hammaga qiziqarli hikoyalar yoqadi. Jamoadagi ko‘tarinki kayfiyatni yarata olish uchun xodimlarning ruhiyatini ko‘taruvchi narsalar haqida ishonarli gapira olish ham muhim. Falon tashkilot ishchilari bunday qilishibdi, xodimlar bunday yo‘l tutishibdi, kabi pozitiv voqealar xodimlaringizning kayfiyatini ko‘taradi va ularning mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi”, deydi Mesalo.

Putin har bir farzand uchun 10 ming rubl to‘lov va’da qildi

Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning tanasida g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni topishdi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvali ma’lum qilindi​

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring