Suv toshqini sabab yopilgan A 373 xalqaro "Betonka" yo‘li qayta ochildi

Qayd etilishicha, hozirgi kunda ham tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli maxsus transport vositalari jalb etilgan holda ushbu avtomobil yo‘li hamda ko‘priklarda ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida harakatlanib o‘tib ketayotgan haydovchilar va fuqarolarga "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo‘lining 103-km.dan A-373 avtomobil yo‘lidan foydalangan holda harakatlanib o‘tib ketishlari mumkinligi, lekin yo‘lning ochilgan qismidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘priklarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida sutkaning qorong‘u vaqtida transport vositalari M-34 avtomobil yo‘lining 103 km. "Toshkent-Dushanbe" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishda davom etishlari mumkinligini bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatidan tranzit tarzda Jizzax yo‘nalishidan Toshkent va vodiy viloyatlarga yo‘l olgan transport vositalari haydovchilari A-373 avtomobil yo‘lining 17-37 km.larida ta’mirlash ishlari ketayotganligi sababli Mirzaobod tumani xududidan o‘tgan 4R-18A avtomobil yo‘li orqali Guliston shahar yo‘nalishi tomon harakatlanib M-34 avtomobil yo‘lining 119 km.dagi chorrahaga chiqib Toshkent va vodiy viloyatlari tomon yo‘nalishga chiqib ketishlari mumkin.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring