Surxondaryoda ota 2 yoshli farzandini 5000 AQSh dollariga pullayotganda ushlandi

 2020 yilning 06 oktyabr kuni soat 15:00 da Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Denov tumani “Shaxrinav” mahallasida yashovchi 28 yoshli S.Z., Termiz shahrida joylashgan restoranlarning birida shartli mijozga voyaga yetmagan farzandi 2 yoshli M.S.,ni 2.500 AQSh dollari va 24.250.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Surxondaryoda ota 2 yoshli farzandini 5000 AQSh dollariga pullayotganda ushlandi

Surxondaryoda ota 2 yoshli farzandini 5000 AQSh dollariga pullayotganda ushlandi

Реклама на Unews

Surxondaryoda ota 2 yoshli farzandini 5000 AQSh dollariga pullayotganda ushlandi

Tadbir jarayonida, S.Z.,dan kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSh dollari va 24.250.000 so‘m pullar, voyaga yetmagan M.S.,ning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va S.Z.,ning farzandini o‘z xohishi bilan sotganligi bo‘yicha yozib bergan tilxati xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Реклама на Unews

Jinoyat ishi bo‘yicha S.Z., prosessual tartibda ushlanib, unga JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring