Surxondaryoda er savdosi bilan bog`liq firibgarlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Termiz tumanida er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Fuqaro E.R. “N.J.” fermer xo`jaligiga tegishli 30 sotix er maydonini fuqaro B.ga o`zining er maydoni sifatida ko`rsatib, ushbu er maydonini 105 mln so`mga sotishga kelishib,  hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtrib berishni va`da qilib, oldindan 70 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.  

Tekshiruv davomida, E.R. o`z aybiga iqror bo`lib, 15 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring