Supermarket va bozorlarga kirishdagi termometrlar natijasining statistikasi olib borilyaptimi?

Avval xabar qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Supermarket va bozorlarga kirish joyidagi termometrlar natijasining statistikasi olib borilyaptimi?

Реклама на Unews

Javob: Bunday ma’lumotlarni joylarda yig‘ish, jamlash, yuqori tashkilotlarga uzatish, tuman, shahar, viloyatlar va respublika darajasida shakllantirish hamda tahlil qilish juda mushkul jarayon. Harorati ko‘tarilgan shaxslarning nechtasi shifoxonaga borganligini surishtirish va aniqlashning imkoniyati ham yo‘q.

Asosiy maqsad — tana harorati ko‘tarilganlarning sonini sanash emas, balki ularni kasallik manbayi sifatida boshqalardan alohidalash, bir paytning o‘zida ko‘proq odamlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Afsuski, ayrim joylarda bu ishlar nomigagina qilinyapti, harorati past yoki baland ekanligiga qaralmayapti. Buning esa oxiri voy bo‘lishi mumkin. Koronavirusdan qutuldik, degan davlatlarda, kasallik epidemik avjining yangi to‘lqini paydo bo‘layotgani hammamizning ko‘zimizni ochishi kerak.

Реклама на Unews

2017-2019 yillar dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylashtirishga shoshiling

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori nima sababdan yopilgani ma'lum qilindi

Shifokor koronavirus bilan bog‘liq g‘alati holatlar haqida gapirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring