Superkontrakt uchun ta`lim krediti beriladimi? Hammani qiziqtirgan savolga javob berildi

So`nggi kunlarda ko`pchilikni qiziqtirayotgan savollardan biri aynan shu bo`lmoqda. Chunki shu tartibda talabalikka qabul qilinayotgan abiturientlarga 2020/2021 o`quv yili uchun oshirilgan (o`tish chizig`iga 4 ballgacha etmagan) hamda tabaqalashtirilgan (56,7 balldan kam «superkontrakt») to`lov-kontrakt miqdorlari o`quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi 2020 yilning 1 dekabridan, ikkinchi yarmi uchun 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay to`lashi lozimligi belgilandi.

Ta`lim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qo`shimcha kontrakt, ya`ni superkontrakt degan gap yo`q edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq ko`rsatilmagan. Bu haqda DTM ma`lum qildi. 

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga ko`ra, ta`lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlariga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o`qishi uchun berilishi mumkin.

Реклама на Unews

Shunga ko`ra, superkontrakt uchun ta`lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring