Suiqasd! Donald Trampga zahar yuborishdi!

Prezident Donald Trampga paketda zahar yuborilgan. Xavfsizlik pochtani saralash paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbariga yuborilgan posilkani tutib qoldi. Bu haqda CNN axborot agentligiga tayanib, "Aniq" nashri xabar berdi.

Jurnalistlarning taʼkidlashicha, paketda ritsinning kuchli zahari boʻlgan. Endi maxsus xizmatlar joʻnatuvchilarni qidirmoqda.

Ritsin juda toksik birikma hisoblanadi. U kukun, granulalar, kislota shaklida ishlatiladi. Agar yutib yuborilsa, u koʻngil aynishi, qusish va oshqozon va ichakning ichki qonashiga olib keladi, soʻngra jigar, taloq va buyraklar ishlamay qoladi hamda oʻlimga olib keladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring