Sud tizimida yangi tayinlovlar: ochiq imtihondan o‘tganlarning ro‘yxati e’lon qilindi

Navbatdagi muddatga tayinlash uchun sudyalikka nomzodlar ochiqlik asosida imtihondan o‘tkazilgani xabari berilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, 19 nafar nomzodning 15 nafari imtihonda muvaffaqiyatli o‘tib, 4 nafar «yiqilgani» o‘sha kuniyoq ma’lum bo‘lib ulgurgandi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.  

Kuni kecha ochiq imtihondan o‘tib, navbatdagi 10 yillik muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan baxtiyorlarning ro‘yxati e’lon qilindi.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunlarning tegishli moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining  qarori bilan quyidagilar:

Реклама на Unews

Alisher Boboqulovich Bobomurodov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Buxoro viloyati ma’muriy sudi sudyasi lavozimiga;

Ahror Ibragimovich Sulaymonov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Jamshid Rahimboyevich Haydarov  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar sudining raisi lavozimiga;

Реклама на Unews

Jamshid Shokirovich Mamurov —  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining sudyasi lavozimiga;

Muhiddin Po‘latjonovich Sultonov —  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Toshkent shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Musa Abdurahmonovich Yusupov —  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Odiljon Sherboyevich Turdiyev —  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Namangan viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Osim Odilovich Sodiqov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Orif Mustapayevich Qurbonov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

To‘xtamurod Mustafoyevich Rajabov  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Uchqun Shoniyazovich Tursunov  sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Toshkent viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Ulug‘bek To‘rayevich Jo‘rayev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Olot tumani sudining raisi lavozimiga;

Fazliddin Muhiddin o‘g‘li Yodgorov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Cho‘lpanoy Ro‘zibayevna Ismoilova — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudining sudyasi lavozimiga;

O‘ktam Qodirovich Murodov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga Samarqand viloyati Tayloq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shu o‘rinda izoh: yuqoridagi ro‘yxatda o‘n yil muddatga tayinlangan ayrim sudyalar besh yil mobaynida joylardagi sudlarga raislik qilishi ham ko‘rsatib o‘tilmoqda. Buning boisi shuki, qonunga ko‘ra, sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi.  O‘n yil muddatga tayinlangan sudyalar joylardagi sudlarga besh yil rahbarlik qilishi  qayd etilishining huquqiy asosi shu. Rais sifatidagi vakolat muddati tugagach esa, u o‘z faoliyatini (o‘z roziligiga ko‘ra, albatta) shu sudda sudyalik lavozimida davom ettirishi yoxud boshqa sudyalik lavozimiga tayinlanishi (saylanishi) mumkin. Chunki, sudlarning raislari, rais o‘rinbosarlari ayni vaqtda sudya hisoblanadi. Barcha sudyalar bir xil maqomga ega.

Eslatib o‘tamiz, yangi tartibga ko‘ra, sudya birinchi marta besh yillik muddatga tayinlanadi. Shu vaqt mobaynida to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri ishlaganlarga yana o‘n yil sudya bo‘lib ishlash imkoniyati taqdim etiladi. Har ikki muddatda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatganlar esa keyingi safar muddatsiz davrga sudya lavozimiga tayinlanadi (yoki saylanadi).

Sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilishi mumkin va bu  qonun bilan tartibga solingan.

Ilgari barcha darajadagi sudyalar faqat besh yil muddatga tayinlanar (yoki saylanar) edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring