BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Statistika: kecha 1200 dan ortiq odamda koronavirus va pnevmoniya aniqlandi

Kecha, 24 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124290 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 731 kishida koronavirus va 494 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 20 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 91 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 13 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 79 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 28 nafari Xorazm viloyatida,
  • 88 nafari Toshkent viloyatida,
  • 119 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 105 nafar,
  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 90 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 32 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 95 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 55 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 65 nafar,

Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 118638 (+676) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 832  nafarni tashkil qildi.

Fikr qoldiring