SSV: Toshkent shahar “103” xizmatiga bir kunda 4500 dan ziyod chaqiriq kelib tushmoqda

Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemik vaziyat juda tez o`zgarmoqda. Ayniqsa, keyingi kunlarda mamlakatimizda ham kasallanishlar soni sezilarli darajada ortgani, xususan, poytaxtimizda “COVID-19”ga chalingan bemorlar kundan-kunga ko`payib borayotgani barchamizda jiddiy tashvish uyg`otmoqda.

SSV Matbuot xizmati shahar “103” xizmatining ayni kundagi faoliyati, chaqiruvlar soni, aholining koronavirus bilan kasallanish holati yuzasidan ma`lumot olish maqsadida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi CALL-markazi bo`lim boshlig`i Nasiba MAHMUDOVAga murojaat qildi.

— Sir emas, so`nggi haftalarda yurtimizda “COVID-19” infeksiyasi tarqalishi yanada tezlashdi, — deydi N.Mahmudova. — Xususan, joriy yilning 23 iyun sanasidan mamlakatimizda kunlik kasallanishlar soni muntazam ravishda o`rtacha 400 tadan ortayotgani, ayniqsa, Toshkent shahrida xastalikka chalinayotgan bemorlar ko`pchilikni tashkil qilayotgani barchamizdan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishni taqozo etmoqda. Qolaversa, bu salbiy holat shahar “103” xizmatiga bo`layotgan chaqiruvlar soni ortishiga ham sabab bo`layotir.

Реклама на Unews

Raqamlarga murojaat qilsak, 2021 yil boshidan  5 iyul holatiga ko`ra, shahar tez tibbiy yordam xizmatiga jami yarim milliondan ziyod  chaqiriq kelib tushdi.  

Shundan 8578 tasini pnevmoniya va koronavirus infeksiyasiga hamda boshqa yuqumli kasalliklarga chalinganligi gumon qilingan katta yoshli bemorlar, 630 tasini esa 18 yoshgacha bo`lgan bolalar tashkil etdi.

Ayni paytda shahar “103” xizmati CALL-markaziga bir kunda o`rtacha 4500-4750 nafar fuqaro murojaat qilmoqda. Xususan, so`nggi 10 kun ichida (25 iyundan-4 iyulgacha) jami 42 ming 740 ta chaqiriq kelib tushdi.  

Реклама на Unews

Shundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan, koronavirus tashxisi qo`yilgan yoki unga gumon qilingan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan  to`rt ming  nafarga yaqin  bemorga  sifatli   tez tibbiy xizmat ko`rsatildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring