SSV: "246 ming nafardan ortiq bola ixtiyoriy ravishda vaksina bilan emlandi"

O`zbekistonda 3 noyabr holatiga ko`ra, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar orasidan 246 033 nafari Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi. 

Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (61 287 doza), Namangan (56 600 doza), Andijon (24 122 doza) viloyatlarida yuqori o`rinlarni egallagan.

 Eslatib o`tamiz, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o`smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan edi. Bu uchun ko`rsatilgan yoshdagi bolalar avval shifokor ko`rigidan o`tishlari kerakligi aytilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring