BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

«Sputnik V» vaksinasining sotuvga chiqish narxi tasdiqlandi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqadigan cheklangan narxini tasdiqladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsov ma’lum qildi.

«Uning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi. Besh dona ikki komponentli to‘plamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) ro‘yxaga olindi», — dedi Kuznetsov.

Avvalroq Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasida “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi narxi 10 dollardan kamroqni tashkil qilishini aytgandi.

Ayni vaqtda Rossiya vaksinasining sinovlari Belarus, Venesuela, BAA va Hindiston kabi davlatlarda o‘tkazilmoqda. Xorijdan turib vaksina sinovlarida qatnashayotganlarning umumiy soni 5 ming kishidan, mamlakat ichidagi ko‘ngillilar esa 40 ming kishidan oshib ketgan.

Shuningdek, hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va yana 4 ta mamlakatdagi zavodlarda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 million dozaga chiqarish borasida kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning shaxsan o‘zi koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini Toshkentga olib kelgani xabar qilindi.

Orol dengizi tubidan qadimiy maqbara topildi! U kimlarga tegishli bo'lgan? Sayyoramizda ko‘plab ekologik ofatlar bo‘lgan. XX asrda Orol dengizining qurishi haqli ravishda eng katta ofatlardan biri hisoblanadi. Sovet muhandislarining noto‘g‘ri hisob-kitoblari, paxta dalalarini ko‘paytirish Orol dengizining asta-sekin sayozlashishiga va qurishiga olib keldi. Hozir sobiq dengizdan deyarli hech narsa qolmagan. Biroq bu fojia ortidan arxeologlar o‘rganish uchun ko‘plab yangi hududlar ochildi. Ushbu maqolada biz sobiq Orol dengizining tubida topilgan g‘ayrioddiy maqbara haqida xabar beramiz.  Orol-Asar - XIV asrning oxirida Orol dengizi tomonidan g‘arq etilgan joy. Ushbu joyni qazish paytida, Qozog‘iston hududida Kerderi deb nomlangan maqbara topilgan. Tadqiqot boshlanishidan oldin u balandligi 1,6 metr bo‘lgan g‘ishtlar tartibsiz sochilib yotgan tepalik edi. Tadqiqotchilar qadimgi, bir paytlar balandligi kamida 2 metr bo‘lgan, devorlari pishgan g‘ishtlardan qurilgan va tosh plitalardan yasalgan nihoyatda ulkan poydevorga duch kelishgan. Umuman olganda, maqbaraning tuzilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g‘ayrioddiy, g‘alati tuyuladi, ammo bularning barchasiga mantiqiy javoblar bor. Masalan, juda qalin poydevorlar, mahalliy tuproq juda beqaror va loyli bo‘lganligi bilan bog‘liq. Ushbu binoning devorlari ham hayratlanarli - eng ingichka joyining qalinligi bir metrga teng. Maqbara dunyo tomonlariga yo‘naltirilgan va to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan. Uning devorlarining janubi-g‘arbiy qismi balandligi olti qatorli g‘ishtdan iborat bo‘lib, o‘sha qismida kirish joyi ham bo‘lgan. Maqbaraning pastki qismi turli xil naqshlar bilan bezatilgan turli xil plitkalar bilan qoplangan: geometrik, gullar, epigrafiya va ba’zi joylarda arab alifbosida zarhal yozuvlar saqlanib qolgan. Bu aholining Islom diniga e’tiqod qilganidan darak beradi. Mahalliy dafn zallari go‘rxona deb nomlangan, ular ikki qismga bo‘lingan va ularda ayollar, bolalar va erkaklar ko‘milgan. Olimlar jami yettita sag‘ana topganlar, ularning hammasi XIV asr oxirlariga tegishli. Ajablanarlisi shundaki, katta plitalar bilan qoplangan asosiy qabr bo‘sh ekan. Bir paytlar quruqlik bo‘lib, odamlarga qabriston vazifasini o‘tagan yerni suv bosib, asrlar o‘tib yana asl holiga qaytganining guvohi bo‘lyapmiz.
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring