«Sputnik V»: Rus vaksinasining asosiy kamchiligi nimada?

Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish texnologik jihatdan murakkab. Bu haqda RF SSV Sechenov universitetining Translyatsion tibbiyot va biotexnologiyalar institituti direktori Vadim Tarasov ma’lum qildi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Tarasovga ko‘ra, klinik sinovlar «Sputnik V»ning samarali va xavfsizligini ko‘rsatdi. Biroq kamchiligi ham yo‘q emas: uni ommaviy ishlab chiqarish uchun murakkab texnologik yechimlar kerak, vaksinaning ikki komponentli tarkibi (ikki qadoqli) shuni talab qilmoqda.

Texnologik murakkabligi vaksinani qisqa muddatda keng hajmda ishlab chiqarish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin, deydi Tarasov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring