So‘x voqealari tufayli uysiz qolgan fuqarolarga davlat uy qurib beradi

Chashma qishlog‘ida yuzaga kelgan mojaroda uch oila – Isroiljon, Anvarjon va Ulmasoy Beknazarovlarning uy–joylari yonib ko`l bo`lgan edi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mojaro oqibatida uy-joysiz qolgan fuqarolar vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi, ularga tuman hokimligi tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi. Beknazarovlar oila a’zolari uchun yangi kiyim-kechaklar ham xarid qilindi.  Bu haqda So‘x tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bu oilalarning uy joylari davlat tomonidan qurib beriladigan bo`ldi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring