Sovuq havoda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqorimi?

Sir emaski, hozir dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangan. Bu virus tirik organizm, ammo yolg‘iz o‘zi yashay olmaydi. U faqat tirik organizmda ko‘payish xususiyatiga ega. Aholi orasida hali-hamon bu infeksiya haqida turli savollar paydo bo‘lmoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bu haqidagi savollarga Toshkent tibbiyot akademiyasi epidemiologik kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Muattarxon Abduqahhorova umumiy tarzda  javob berdi. 

“Koronavirus — yirik infeksiya. Inson aksirganda, yo‘talganda virus tomchilari bir, bir yarim metrgacha uchib boradi va yerga cho‘kadi. Bu infeksiya yerda olti soatgacha saqlanishi mumkin. Hozir kuz faslida havo harorati pasayishi koronavirusning mutatsiyaga uchrashiga sabab bo‘lmoqda. Agar bu paytda shamol bo‘lsa yoki chang  ko‘tarilsa, insonga havo orqali ham yuqishi mukin. Kasallikni boshidan kechirgan bemor 14 kun davomida davolanib chiqqanidan so‘ng ham yana 14 kun o‘zini izolyatsiyada saqlashi kerak. Chunki infeksiya tashuvchilik xususiyati ma’lum muddat saqlanib qoladi”.

Реклама на Unews

 Mutaxassisning fikriga ko‘ra, o‘tkir pnevmoniya o‘tkazgan bemor o‘pkasida kasallikdan so‘ng chandiq paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda shifokor tavsiyasi bilan turli preparat, garmonlar qabul qilish kerak. Bu chandiq sekin-astalik bilan ketadi. 

“Hozirda bu virusni yuqtirib olgan 70-80 yoshli kishilar tuzalgani, 25-30 yosh atrofidagi insonlarda esa o‘lim holatlari kuzatilgani uchrab turibdi. Hech kimga sir emaski, koronavirus yuqtirgan insonda surunkali kasallik bo‘lsa, u yuzaga chiqadi”, deydi Muattarxon Abduqahhorova. 

Mutaxassisning aytishicha, vaksina bu dori emas, undan shunchaki kasallikning oldini olish uchun qo‘llaniladi. Vaksinalar Rossiya, Amerika, Xitoyda ishlab chiqilmoqda. Rossiyada uchta turi ishlab chiqilib, hozirda uchinchi bosqichda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Реклама на Unews

“Virus 4 kun, bir hafta davomida burun-tomoq yo‘llarida saqlanib turadi. So‘ng o‘pkaga o‘tadi va undan qonga o‘tib, qon quyulib qoladi. Bu paytda burundan surtma olib, zanjir reaksiyasi orqali virus aniqlanadi. Ba’zi bemorlar ikki-uch oylab ta’m, hid bilmasligi mumkin. Yana ba’zi bemorlarda to‘rt-besh oylab muntazam issiq chiqib turishi mumkin. Bunday hollarda bemor boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchi infeksiyalarni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin”, deydi mutaxassis Muattarxon Abduqahhorova.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring