Sof oltin va olmos bilan ishlangan: Isroilda eng qimmat tibbiy niqob yaratildi

“The Times of Israel” nashri xabariga ko‘ra, Isroilda zargarlar eng yuqori himoya darajasiga ega noyob tibbiy niqob yaratishdi. Uning qiymati 1,5 million dollarni tashkil etadi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

18 karatli oq oltindan tayyorlangan hamda 3,6 ming dona qora va oq olmos bilan qoplangan niqobning og‘irligi 240 gramm bo‘lib, bu odatiy tibbiy niqobning og‘irligidan 100 marta og‘irroq.

Shuningdek, mahsulot yuqori sifatli N99 filtrlari bilan jihozlangan.

Реклама на Unews

Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday niqobni Isroil zargarlaridan AQShda yashovchi xitoylik biznesmen buyurtma qilgan. Uning asosiy talablaridan biri zargarlik durdonasi 2020 yil oxiriga qadar tayyor bo‘lishi va u dunyodagi eng qimmat buyumga aylanishi kerak edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring