Sirdaryoga yuborilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilyaptimi? FVV izoh berdi (foto)

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida to‘g‘on buzilishidan zarar ko‘rgan aholi uchun jo‘natilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilayotgani haqida xabar tarqalgan edi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Реклама на Unews

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Toshqin hududlari suvdan holi etilib, quruq va qulay holatga keltirildi.

Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin.

Реклама на Unews

Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi, deyiladi vazirlik xabarida.

Amerikada kuchli toshqin xavfi kuchaymoqda. 2 ta to'g'on yorilgan...

Koronavirusdan tuzalganlar atrofdagilar uchun qanchalik xavfli? Ular tashuvchi bo'lishi rostmi?

Tashkent City bugundan yana ochildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring