Sirdaryodagi bankda katta miqdorda qalbaki yevro valyutasi aniqlandi

«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 000 YeVRO miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan. Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring