Sirdaryoda yong‘in: 111 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi (VIDEO)

Joriy yilning 25 may kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar “Na’muna” mahallasi Sayxun  ko‘chasi 17-uyda joylashgan  "Ideal Study" nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuasiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring