BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Sirdaryoda suv toshqinidan so`ng chaylalarda kun ko`rayotgan aholi hayoti (foto)

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjaeva bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bilan Sardoba halokatidan jabr ko`rgan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “500” qishlog`iga bordi. Bu haqda u o`zining feysbukdagi sahifasi orqali ma`lum qiladi va mavjud ahvol aks etgan suratlarni taqdim etdi. 

“Rasmlarni ko`rib o`zlaring xulosa chiqaraveringlar! Aholi bilan gaplashganda ko`p narsalar aniqlandi, zo`ravon va o`zboshimcha Baxtiyor Xolqo`ziev — Oqsoqollar kengashi raisining qiliqlari-yu va soliqchilarning o`yinlari. A.Burxonov (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — tahr.) agentligiga ish shu erda boshidan oshib etibdi ekan, chunki u rahbarlar o`z bilganidan qolmasdan, uy joylarni taqsimlashda birinchi galda qarindosh urug`lariga, Ozoda Nursaidovadan ham kvartirani, muhtoj bo`lmagan qiziga olib bergan. Xalq deputatlaridan ham, juda norozi! Albatta, biz ko`rganlarimizni qog`ozga tushirib kerakli joylarga taqdim etamiz, ammo baribir bitta savol qiynaydi, qachon ayrim rahbarlarga insof kirar ekan?”, — deb yozadi Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring