Sirdaryoda suv ombori bilan bog‘liq mish-mishlar sabab 3ta tumanda ayrim aholi vahimadan o‘z uylaridan qochgani ma’lum bo‘ldi

Kecha, 14 yanvar kuni yarim tunda Tojikistondagi Qayroqqum suv omborining yorilgani haqida yolg‘on xabar tarqalgan. Xabarda uning natijasida suv toshqini yuzaga kelgani aytilgan, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ushbu yolg‘on xabar viloyatda suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlardagi aholining vahimaga tushishiga sabab bo‘lgan. Ayrimlar hatto uylarini tashlab ham ketishgan. Vaziyatdan xabar topgan viloyat hokimi vahima tarqalgan tumanlarga yetib borgan. G‘ofurjon Mirzayev aholini vahima va sarosimaga tushmaslikka chaqirib, ushbu xabarlar yolg‘on ekanini aytgan.

O‘zbekiston FVVning xabar qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga zid va biror asosga ega emas. Vazirlikning qo‘shni davlatdagi hamkasblaridan olgan ma’lumotiga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori bus-butun, unga talafot yetgani va suv bosayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar yolg‘on.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring