Sirdaryoda oqib ketayotgan 8 yoshli bolakay qutqarib olindi

Bugun, 27-iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida tuman FV bo`limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda "Chig`anoq" mahallasi hududidan oqib o`tuvchi "Sirdaryo" daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini ko`rib qoladi va darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboev suvga sho`ng`ib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.

 

Hozirda  bolakayning  xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.  

 

Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho`milish qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.

Реклама на Unews

Hurmatli fuqarolar farzandlaringizni kanal va tezoqar daryo o`zanlari hamda ta`qiqlangan suv xavzalarida  cho`milishlariga yo`l qo`ymang.

 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring