BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri o‘z xizmat xonasida mahalliy MCHJ ish yurituvchisidan 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur mansabdor shaxs ushbu MCHJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, agarda 500 AQSh dollari bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. so‘m olgan.

 

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldi Prezident aholini qiynayotgan uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdi.Uch yil avval aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etildi. Natijada, o‘tgan besh oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oshib, 310 mingdan ziyod oila shaxsiy uy-joyga ega bo‘ldi. Uy-joy qurilish hajmi ham 3 baravar oshdi. Shu o‘rinda, joriy yilda asosiy stavka oshganiga qaramay, ipoteka kreditlari bo‘yicha banklarga ajratiladigan resurs stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi. Natijada, shu yilning besh oyida 30 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi. Lekin, ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda byurokratiya bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda. Shuning uchun, mutasaddilarga 1 sentyabrdan boshlab: - aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish; - ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi. Mutasaddilarga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda byurokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilish yakunida tarmoqlar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Fikr qoldiring