Sinf xonalarni ta’mirlash ixtiyoriy bo‘lishi kerak – XTV

Umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakuniga yetib bormoqda. Shu bois maktab ma’muriyati sinf xonalarini keyingi o‘quv yiliga tayyorlash haqida o‘ylab, harakatni boshlashi tabiiy, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Xalq ta’limi vazirligi bu jarayon faqat ixtiyoriy ravishda bo‘lishi kerakligi ma’lum qildi.

“Agarda kimdir o‘z farzandini o‘qishiga qo‘shimcha sharoit yaratmoqchi, nimanidir ta’mirlamoqchi yoki maktabga yana qandaydir yordam bermoqchi bo‘lsa uni bemalol qilishi mumkin. Joylarda maktablarning moddiy-texnik ahvoli qanday ekanligini ota-onalar yaxshi bilishadi. Lekin hammaga bir xil yondashib, ota-onalardan majburiy pul yig‘ish holatlarini oldini olish kerak. Hozirgi pandemiya sharoitida ko‘pchilik iqtisodiy qiyinchilikni boshidan o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham bu masalada maktab ma’muriyatidan to‘g‘ri yondashuvni ta’minlashni so‘raymiz.

Реклама на Unews

Keyingi o‘quv yilidan aksariyat maktablarda yuqori sinf o‘quvchilari ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘xshab, o‘z sinf xonalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi (avvalgi kabinet tizimidek, sinfma-sinf yurmasdan). Bu esa nafaqat sinfni ta’mirlash uchun ko‘rsatilgan yordamni to‘g‘ri ishlatilishiga, balki keyinchalik ushbu o‘quvchilar tomonidan o‘z sinflari holatini yaxshi saqlashiga ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

Bundan tashqari, maktablar homiylarni jalb qilgan holda qo‘shimcha mablag‘ topishi mumkin. Homiylar turli korxona, sobiq bitiruvchilar, o‘quvchilarning ota-onalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Homiylik ixtiyoriy tarzda va qonuniy tashkil etilishi lozim. Ya’ni, pul mablag‘lari maktab hisobiga tushishi va mablag‘ni sarflanishi bo‘yicha ma’lumot olishi uchun sharoit yaratilishi kerak.

Hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga o‘quvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, o‘qituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi a’zolari byudjetdan hamda qo‘shimcha ishlab topilgan mablag‘larni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega,“ — deyiladi XTV xabarida.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring