Sinf rahbarlariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi

2021-yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida 5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash bo‘yicha Nizom joriy etildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qo‘yiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan:

  • kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
  • maktabda to‘liq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
  • bo‘linib o‘qitiladigan fanlardan dars bermaydigan;
  • odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
  • ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
  • o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

Реклама на Unews

  • amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
  • faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
  • malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
  • ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

  • sinf rahbarlarining o‘quvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;
  • 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sog‘lom ravishda ushlab turish imkoni;
  • ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring