Shu yilning 9 oyida mahalliy farmasevtika korxonalarimiz tomonidan 1,86 trln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi

Sal avval xabar qilganimizdek, Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tomonidan o`tkazilayotgan matbuot anjumanida agentlik tomonidan so`nggi 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda.

Xususan, agentlik direktori o`rinbosari Alisher Temirovning qayd etishicha, joriy yilning 9 oyida yurtimizdagi mahalliy farmasevtika korxonalari tomonidan qiymati 1,86 trln. so`mlik farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarilib, 113,4 foizlik o`sish ko`rsatkichlari ta`minlandi.

Shuningdek, Investisiya dasturining 29 ta loyihasi doirasida 500,9 mlrd. so`m, jumladan, 18,6 mln. dollar miqdorida xorijiy investisiya mablag`lari o`zlashtirildi.

Реклама на Unews

Sohada qiymati 244,7 mlrd. so`mga teng 6 ta yirik ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi 252 ta yangi ish o`rni yaratilishiga asos bo`ldi.

Yana yutuqlardan biri — 9 oy davomida farmasevtika sohasida 48,05 mln. dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilganidir. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlarga nisbatan 121,7 foizni tashkil etadi.

Binobarin, zamonaviy dori vositalarini ishlab chiqarishni dunyo standartlari asosida tashkil qilish maqsadida respublikamizda xalqaro amaliyot va ilg`or tajribalar bilan uyg`unlashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi asoslari ishlab chiqilib, muntazam takomillashirilib borilishi, hamda kitob va elektron manba sifatida soha mutaxassislari uchun taqdim qilinishi yo`lga qo`yildi.

Реклама на Unews

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri birinchi jildi nashr etilgan bo`lib, u 2 qismdan iborat, 5 ta bob, 335 ta bo`limni o`z ichiga olgan, o`zbek va rus tillarida jami 2466 sahifada jamlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring