“Shovotcha innovatsiya”. Xorazmda hokim maktabdagi o‘chiq “otopleniya”ni o‘rgandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Odilbek Ortiqovning maktabdagi ishlamayotgan issiqlik uzatish panellarini o‘rganayotgan jarayoni aks etgan surati ko‘plab muhokamaga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 yanvar kuni tunda tuman hokimi ijtimoiy soha ob’ektlarida anomal sovuq sharoitida isitish tizimining ahvoli bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borgan.

Tumanning chekka hududida joylashgan 10-sonli maktab isitish tizimida muammo mavjud bo‘lib, joriy yilning 8 yanvar kuni tegishli tashkilotlar tomonidan isitish qozoni qayta ta’mirlash uchun olib ketilgan. Sovuq havo oqibatida maktabning isitish tizimi ishdan chiqmasligi uchun issiqlik uzatish panellarini suvdan tozalash ishlari amalga oshirilgan. 

Реклама на Unews

Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi ushbu jarayonni, ya’ni issiqlik uzatish panellarini nosoz holatga kelib qolmaganini o‘zi ko‘zdan kechirgan va holat fotosuratga olingan. Hozirda isitish qozonlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Tarqalgan fotosuratda hokim tizimga ulanmagan uzatish panelini ushlab, tekshirayotgani aks etgan. Bu esa internet foydalanuvchilarining kulgusiga sabab bo‘lgan. Shovot hokimligi bu holatga aniq izoh bermagan.

“Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan, tuman hokimining maktab o‘quvchilarini sifatli ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha harakatlarini noto‘g‘ri tushunib, o‘zgacha talqin qilmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring