Shov-shuv! Koronavirus Italiyada paydo bo‘lgani tasdiqlandi

Koronavirus o‘tgan yilning dekabr oyida Milan va Turin suvlarida bo‘lgan — Italiya Oliy sog‘liqni saqlash instituti mutaxassislari shunday xulosaga kelishgan. Olimlar 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil fevraligacha to‘plangan oqava suvlarning 40 namunasini ko‘rib chiqdilar,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Ikki xil laboratoriyada tasdiqlangan natijalar 2019 yil 18 dekabrda Milan va Turinda hamda 2020 yil 29 yanvarda Bolonyada olingan namunalarda koronavirus RNK borligini ko‘rsatdi", – dedi institut vakili Juzeppina La Rosa.

Bundan tashqari, ushbu shaharlarning oqava suvlaridan yanvar va fevral oylarida olingan materiallarda ham virus izlari topilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan Yevropada infeksiya tarqalish xronologiyasini shubha ostida qoldirmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring